Toshkent farmatsevtika instituti mutaxasislari “Rivojlanayotgan davlatlar uchun Xitoy an’anaviy tabobati asosida sog‘liqni saqlash usullari bo‘yicha trening kursi” dasturida.

30.08.2018, 12:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 830

2018-yil 22-iyundan 21-avgustgacha qadar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti mutaxasislari Biotexnologiya kafedrasining mudiri M.G.Ismailova va Biotexnologiya kafedrasining katta o‘qituvchisi F.X.Tuxtayevlar “Rivojlanayotgan davlatlar uchun Xitoy an’anaviy tabobati asosida sog‘liqni saqlash usullari bo‘yicha trening kursi” dasturi bo‘yicha Xitoy davlatiga malaka oshirishga qatnashdilar.

Ushbu dastur Xitoy Savdo vazirligi va Pekin An’anaviy tibbiyot tadqiqot markazi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, malaka oshirish 58 kun davomida o’tkazildi.

Dasturda dunyoning 16 ta mamlakatlaridan ja’mi 66 ta mutaxassisdan iborat bo‘lgan delegatsiyalar qatnashdi.

Dasturning ochilish marosimi Pekin An’anaviy tibbiyot gospitalida 22-iyun kuni bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, 2018-yil 17-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi ko‘magida “Pekinda O‘zbekiston kuni” bayrami o‘tkazildi. Bunda O‘zbekistonning dunyo xaritasida aks ettirilishi, o‘rni, aholisi, sharoitlari, qadimiy shaxarlari, go‘zal manzaralari, turizmni rivojlanganligi, milliy urf odatlari, raqslari va barcha boshqa qiziqarli ma’lumotlar batafsil namoiysh qilindi. Dastur yakunida Xorazmcha raqs bilan yakunlandi. Dunyoning 16 ta mamlakatlaridan kelgan mexmonlarga O‘zbekiston urf odatlari va madaniyatlari juda qiziq bo‘ldi va kelajakda O‘zbekistonga tashrif buyurishi uchun istagi yanada ortdi. Milliy kiymlarda chiqishlar va milliy raqslarni ijro etish esa bayramimizga o‘ziga xoslikni namoyon qildi.

Bundan tashqari, 15 ta mamlakat o‘z an’analarini xam namoyish etdi va qiziqarli urf odatlari bilan tanishtirdilar.

Bayram yakunida O‘zbekistonga chet eldagi vakillarning fikrlari olindi. Bayram yakunida Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan qatnashuvchi va tashkilotchilarga xam, 15 davlat ishtirokchilariga xam sovg‘alar va shirinliklar tarqatildi.

Dasturda quyidagi mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar olib borildi:

     

Dasturning rejasiga ko‘ra XXRsining Shanxay shaxridagi eng yetuk va xalqaro axamiyatga ega bo‘lgan gospitallaridan biri bo‘lgan taniqli “Shanxay tabobat gospitali” ga xam tashrif buyurildi. Ushbu safar 2018-yil 4-avgustdan 9-avgustgacha davom etdi. Klinikaning va universitetning yonma-yon joylashishi amaliyot bazasini naqadar kuchli ekanligini ko‘rish nasib qildi.

Talabalar ushbu gospitalda bevosita amaliyotlarini o‘tkazilishini ta’minlanishi ko‘rildi.

Dasturning rejasiga ko‘ra gospitalga tashrif.

     

Dasturning yopilish marosimi Pekin An’anaviy tibbiyot gospitalida 17-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Marosimda barcha qatnashchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

    

    

Dastur so‘ngida barcha ishtirokchilarning umumiy rasmlari esdalik uchun olindi. Barcha qatnashuvchilarga minnatdorchilik bildirildi va tashakkur e’lon qilindi. Shuningdek kelajakda xamkorlik aloqalarni o‘rnatish uchun zamin yaratildi.