Diqqat e’lon! Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkaziladi.

20.08.2018, 17:41 E'lonlar 881

2018-yil 24-avgust kuni soat 12.00 da 127-xonada  Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish bo‘yicha seminar-trening o‘tkaziladi. Seminar-treningda Scopus va Science Direct xalqaro ilmiy texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanishning umumiy masalalari bilan tanishtiriladi, yuqori impakt-faktorli ilmiy jurnallarda maqolalarni tayyorlash, chop etish uchun tavsiyalar beriladi.

Barcha professor – o‘qituvchilar, doktorant va magistrantlar taklif qilinadilar.