2017-2018 o’quv yilining bakalavriyat va magistratura bitiruvchilariga diplomlar topshirildi!

17.07.2018, 19:14 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1001

     

     

Institutimizda 17-iyul kuni joriy yilda bakalavriyat va magistratura bosqichlarini tamomlagan talabalarga tantanali diplom topshirish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda instutut rahbariyati, kafedra mudirlari bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov kirish so’zi bilan ochib berdi va bitiruvchilarni ushbu kun bilan tabrikladi. Imtiyozli diplom sohiblariga, magistrlarga  diplomlar topshirildi. O’tgan o’quv yillari davomida o’zining a’lo o’qishi, namunali hulqi bilan o’rnak bo’lgan va institut ijtimoiy hayotida faol qatnashgan bir guruh bitiruvchilarga “Faxriy yorliq”lar topshirildi. Professor-o’qituvchilar, ota-onalar va bitiruvchilar o’zlarining samimiy tabriklarini bildirdilar. Tadbir kuy-qo’shiq, raqslar bilan davom etdi. Tadbirda OAV ishtirok etdi va tadbir televideniyada orqali efirga uzatiladi. Barcha bitiruvchilarimizni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida ulkan zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!