“Munozara” to`garagiga taklif etamiz.

06.06.2018, 19:45 E'lonlar 343

Institut talaba yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent farmatsevtika instituti Boshlang`ich tashkiloti qoshida “Munozara” to`garagi tashkil etildi. To`garakning asosiy vazifalari qilib demokratik davlat qurish va fuqoralik jamiyatini rivojlantirish borasida yoshlarning faolligini oshirish, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfati yo`lida bor kuch-g`ayrati, bilim va salohiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun mas’uliyatni o`z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish kabi masalalar qo`yilgan.
Siz “Munozara” to`garagiga a’zo bo`lib o`zingizda mantiqiy argumentlar tuzish va mustaqil fikrlash orqali ko`nikmalarni hosil qilish, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, notiqlik, liderlik sifatlaringizni rivojlantirishingiz mumkin.
To`garak asosida tashkil etiladigan simenar treninglarni o`tib berish uchun dekanat rahbarlari, Boshlang`ich tashkilot yetakchisi, tuman kengashi raisi, diniy ulomolar, tadbirkorlar hamda bir qator tashkilot rahbarlari taklif etiladi.
To`garakka a’zo bo`lish niyatida bo`lgan talabalar O`zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent farmatsevtika instituti BT ga murojaat qilishingizni so`raymiz.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi

Toshkent farmatsevtika instituti

Boshlang`ich tashkiloti

“Munozara” to`garagi raisi O`.J.Yunusov