“Retseptlarda so`zlarni qisqartirish qoidalari, farmatsevtik atama va retseptlarni tarjima qilish” mavzusida ochiq mashg`ulot o‘tkazildi.

06.06.2018, 14:57 Institut yangiliklari, Yangiliklar 256

2018-yil 2-iyun kuni soat 1200da II-binoning №34 auditoriyasida Tillar kafedrasi katta o`qituvchisi N.S.Suyundikovning Farmatsiya yo‘nalishi 1-kurs 2\2-guruh talabalari uchun Loti tili va farmatsevtik terminologiya fanidan “Retseptlarda so`zlarni qisqartirish qoidalari, farmatsevtik atama va retseptlarni tarjima qilish” mavzusida ochiq mashg`ulot o‘tkazildi. Mazkur ochiq mashg`ulotga kafedra mudiri S.M.To`ychiyeva, katta o‘qituvchilar D.Q.Xudoyqulova va Sh.B.Matyusupovalar tashrif buyurishdi. Ochiq mashg`ulotda “Aqliy xujum” “Bilaman, bilishni xoxlayman, bilib oldim”, va “Klaster” kabi pedagogik usullaridan qo‘llanildi. Talabalar juft bo`lib ishlash, guruhlarda bo`linib ishlash usullari orqali egallagan bilimlarini mustaxkamladilar.