Biotexnologiya kafedrasida Umumiy kimyo texnologiyasi fanidan 3-kurs 2-oqim talabalari uchun ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

06.06.2018, 10:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 297

4-iyun 2018-yil soat 1000da II-binoning №2 auditoriyasida Biotexnologiya kafedrasi dotsenti F.O.Po‘latovaning Sanoat farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs 2-oqim talabalari uchun Umumiy kimyo texnologiyasi fanidan “Yuqori molekulyar birikmalar sintezi. Kimyoviy tolalar olish” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi. Mazkur ochiq ma’ruzaga kafedra mudiri M.G.Ismoilova, katta o‘qituvchi F.X. To‘xtayev, assistentlar X.A.Ubaydullayeva, SH.M.Usubboyevalar tashrif buyurishdi. Ochiq ma’ruzada “Bilaman, bilishni xoxlayman, bilib oldim”, “Aqliy xujum” va “Klaster” kabi pedagogik usullar qo‘llanildi. Ma’ruza prezentatsiya, animatsiya va videofilmlar yordamida olib borildi. Talabalar polimerlar, sopolimerlar va kimyoviy, xirurgik tolalar xamda ularning olinish texnologiyalari xaqida tushunchalarga ega bo‘ldilar.