Doktorant, mustaqil izlanuvchilar va pedogoglarning ilmiy tadqiqot natijalarini o‘rganish.

02.06.2018, 12:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1177

Institutda 31.05- 1.06.2018 da doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar hamda oxirgi 5 yil ichida ishga qabul qilingan pedagog xodimlar ilmiy faoliyatini nazorat qilish maqsadida ichki monitoring o‘tkazildi. Xar bir doktorant va mustaqil izlanuvchi xamda ularning rahbarlari bilan institut rektori Alimdjanov I.I. suxbat o‘tkazdilar. O‘tkazilgan suhbatda doktorant, mustaqil izlanuvchilar va pedogoglarning ilmiy tadqiqot natijalari, chop etgan maqola va tezislar soni hamda ximoya muddatlari muxokama etildi. Monitoring yakuniga ko‘ra rektor doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar hamda ularning rahbarlariga tavsiyalar berdilar.