Talabalar Davlat statistika qo`mitasining “Internet, kommunikatsiya – InterCOM-2018” Birinchi milliy ko‘rgazmasida

29.05.2018, 17:46 Institut yangiliklari, Yangiliklar 948

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi 625-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2019-yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirish bo‘yicha Kompleks dasturi”ning 10-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24-may kuni Toshkent shahridagi “Ko‘rgazma savdo markazi”da tashkil etilgan Davlat statistika qo`mitasining “Internet, kommunikatsiya – InterCOM-2018” Birinchi milliy ko`rgazmasiga “Farmatsiya” fakulteti, birinchi bosqich 2/1 va 2/2-guruh, “Biotexnologiya” yo’nalishi birinchi bosqich 2/1-guruh talabalari “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi Baydullayev Abdurahmon va shu kafedra assistentlari Qodirova Gulchexra va Djurayeva Saida bilan birgalikda tashrif buyurdilar. Ushbu “Ko‘rgazma savdo markazi”da talaba-yoshlar elektron davlat xizmati, elektron tijorat, Mobil kontent, Internet-xizmatlar, Kompyuter o‘yinlari, Axborot-ko‘ngilochar kontent, elektron OAV, IP-TV, Expo-Television hamda boshqa bo‘limlar bilan yaqindan tanishdilar. Ko’rgazmada tashkillashtirilgan tadbir tomoshalarida bevosita ishtirok etdilar.