Dori turlari texnologiyasi kafedrasida “Farmatsevtik texnologiya” fanidan 3-kurs talabalari bilan ochiq ma’ruza o‘tkazildi.

28.05.2018, 18:08 Institut yangiliklari, Yangiliklar 906

2018-yil 28-may sanasida Dori turlari texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi f.f.n., F.A.Umarova tomonidan 3-kurs 2-oqim talabalari bilan “Farmatsevtik texnologiya” fanidan “Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar” mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi. Mazkur ochiq ma’ruzaga kafedra mudiri prof. Yo.S. Kariyeva, dotsentlar: G.M.Tureyeva, N.M. Rizayeva va assistentlar: N.X. Aripova, N.S.Abduxalilovalar tashrif buyurdilar. Ochiq mashg‘ulotda “Bahs munozara”, “Suhbat usullari” qo‘llanilib, “Dori shakllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar” mavzusi bo‘yicha talabalar nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar.