2017-2018  o’quv yili davomida a’lo o’qishi, namunali hulqi va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan talaba-yoshlarni turli nominatsiyalar bo’yicha taqdirlash marosimi o’tkazildi.

26.05.2018, 15:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1267

25-may soat 14:00 da faollar zalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti tomonidan 2017-2018  o’quv yili davomida a’lo o’qishi, namunali hulqi va jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan talabalar “Yilning eng yahshi talabasi”, “Eng yahshi guruhi”, ”Eng yahshi guruh yetakchisi”, “Eng yahshi Boshlang’ich tashkilot kengashi yetakchisi” kabi nominatsiyalar bo’yicha hamda yoshlar ittifoqi, fakultetlar tomonidan o’tkazilgan tadbirlarda faol qatnashib kelgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi o’tkazildi. Tadbirni institut rektori, professor I.I.Alimdjanov kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha g’olib talabalarni tabrikladi. Tadbir institut “QVZ”jamoasining chiqishlari, raqs va kuy qo’shiqlar bilan davom etdi.