“16-sentyabr Ozon qatlamini muxofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Ozon atmosfera ximoyachisi” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi.

15.09.2017, 18:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 213

Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi xodimlari tomonidan 2017-yil 14-sentyabr kuni “16-sentyabr Ozon qatlamini muxofaza qilish kuni”ga bag‘ishlab “Ozon atmosfera ximoyachisi” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir jarayonida   O‘zbekiston ekologik harakati hududiy bo‘linmalar va faollar bilan ishlash guruhi rahbari – Azizov Shodiyor Valijonovich, Toshkent shaxar farmatsevtika instituti qoshidagi akdemik litsey direktori – Sagatov Ibroxim Raufovich,  O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Eko harakat deputatlari guruhi a’zosi – G‘apparov Xayrulla Lutfullayevich, Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Boltayeva Klara Shamuratovnalar  tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar tinglandi. Davra suhbatiga O‘zbekiston ekologik xarakati xududiy bo‘linmalar va faollar bilan ishlash guruhi raxbari – Azizov Shodiyor Valijonovich  moderatorlik qildi. Suhbatdan  so‘ng O‘zbekiston ekologik xarakati, Toshkent shaxar ekologik xarakati xududiy bo‘linmasi tomonidan turli xildagi flayerlar, plakatlar tarqatildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Eko xarakat deputatlari guruhi a’zosi – G‘apparov Xayrulla Lutfullaevich tomonidan tayyorlangan ma’ruza tinglanib, unda  Ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Vena konvensiyasining qabul qilinganligi to‘g‘risida, unga O‘zbekiston Respublikasining qabul qilinganligi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarni bajarilish holatlari xaqida qiziqarli ma’lumotlarni talabalar diqqatiga xavola qildi. Toshkent farmatsevtika instituti ekologiya va mikrobiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Boltayeva Klara Shamuratovna tomonidan tayyorlangan ma’ruzada Atmosfera havosining ahamiyati va uni ifloslovchi manbalarning atmosferaning yuqori qatlamidagi ozon qatlamini emiruvchi asosiy manbalardan iboratligini tushuntirib o‘tishdi.