“Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan fan olimpiadasi.

24.05.2018, 18:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1157

2018-yilning 16-17 may kunlari “Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan Jizzax davlat pedagogika institutda olib borilgan fan olimpiadasida Toshkent farmatsevtika institutining farmatsiya fakulteti  5-kurs 3/1-talabasi M.H.Egamberdiyeva 2-tur olimpiadasida ishtirok etdi. Olimpiadani o‘tkazish uchun hay’at a’zolari guruhi shakllantirirdi. Unda farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar katta o‘qituvchisi D.M.Abduraximova hay’at a’zosi sifatida  qatnashdi. Undan tashqari olimpiadani o‘tkazilishini nazorat qilish uchun “Adolat guruhi” a’zolari shakllantirildi. Olimpiadada Farmatsiya fakulteti 5-kurs 3/1-talabasi M.H.Egamberdiyeva Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar fanidan “Faol ishtiroki uchun” faxriy yorliq bilan taqdirlandi.