OOO «Laxisam Pharmactuticals» qo’shma korxonasida ishlab chiqarish amaliyoti

24.05.2018, 17:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1212

Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi assistenti farm.f.n. N.A.Azimova boshchiligida 2018-yil 24-may kuni Sanoat farmatsiyasi yo’nalishi 2-kurs 8-gurux talabalari OOO «Laxisam Pharmactuticals» qo’shma korxonasida ishlab chiqarish amaliyoti o’tadilar. Amaliyot vaqtida talabalar tabletka sexida tayyor tabletka blesterlarini saralash va ampula sexida tayyor ampulalarni qadoklash bilan shug’ullandilar. Amaliyot qiziqarli bo’ldi va buning natijasida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.