Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilarni Yashnobod tumandagi 61-sonli umumta’lim maktabiga tashrif

21.05.2018, 18:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 853

2018-yil 21-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari, jumladan, kafedra mudiri v.v.b. Usmanaliyeva Z.O‘., dotsentlar Maqsudova A.N., Olimov X.Q., katta o‘qituvchi Chinibekova N.K., assistent Abdullayeva M.U.lar Yashnobod tumandagi 61-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrifda maktab direktori Islamova G.M. bilan 2018-2019 o‘quv yili uchun hamkorlik ishlari rejasi muhokama qilindi. Maktabga institut tarixi haqida ma’lumotlar va esdalik sovg‘alar topshirildi.

     

     

So‘ngra maktab faollar zalida 9-sinf o‘quvchilariga assistent Abdullayeva M.U. “Narkotik moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari” mavzusida ma’ruza qildi. Mavzu yuzasidan tegishli videomateriallar namoyish etildi va kafedra dotsenti Maqsudova A.N. tomonidan “Biz narkotikga qarshimiz, sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida trening o‘tkazildi. Kafedra katta o‘qituvchi Chinibekova N.K. Toshkent farmatsevtika instituti akademik litseyi haqida ma’lumot berdi va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirilgan savollariga to‘liq javob oldilar.