“Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

21.05.2018, 18:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1016

2018-yil 21-may kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “Ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion tadbirkorlik haftaligi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir qo‘yidagi tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan:

  • O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi;
  • Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Narbayeva Tanzila Kamalovna ochib berdiKeyingi so‘zga O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri – Abdurahmonov Ibrohim Yulchiyevich chiqdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori – Fayzullayev Alisher Nasibullayevich va Toshkent shaxridagi Turin politexnika universiteti rektori – Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich davom ettirishdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbirda Toshkent farmatsevtika institutining Hotin-qizlar qo‘mitasi raisi Saidova Mamlakat Yadgarovna va farmatsiya kafedrasi dotsenti Abduraxmonova Nargiza Abdumajidovna ishtirok etishdi.