Psixologik, liderlik va talabalar zehnini charxlovchi aqliy hujum kabi mavzularda seminar-trening o’tkazildi.

19.05.2018, 18:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1177

Toshkent farmatsevtika institutida yoshlar haftaligi davom etmoqda. 19-may kuni 13:00 da “Yoshlar markazi”da psixologik, liderlik va talabalar zehnini charxlovchi aqliy hujum kabi mavzularda seminar-trening o’tkazildi. Trening O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tinglovchisi Z.U.Mamatqulov tomonidan olib borildi. Trening qatnashchilariga lider imidji, boshqaruv madaniyati to’g’risidagi taqdimotlar va qiziqarli psixologik testlar orqali yetkazildi. Talabalarda katta ta’surot qoldirgan treninglar Yoshlar ittifoqi tomonidan muntazam o’tkazilishiga kelishib olindi. Seminar-treniglarda faol ishtirok etgan barcha talabalarga O’zbekiston yoshlar ittifoqi Boshlang’ich tashkiloti tomonidan“Sertifikat”lar topshirildi. Treninglar jadval asosida davom etadi.