“Muzeylar faoliyati bilan yoshlarni yaqindan tanishtirish”

18.05.2018, 18:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 1019

18-may – “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Toshkent farmatsevtika instituti Tillar kafedrasi o‘qituvchilari N.D.Kenjayeva, SH.B.Matyusupova, SH.M.Olimova, A.A.Raxmonovalar boshchiligida talabalarni shahrimizda joylashgan “Sog‘liqni saqlash muzeyi”ga tashriflari uyushtirildi. Muzey rahbariyati sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, to‘g‘ri ovqatlanish, turli yuqumli kasalliklarining oldini olishga oid mavzularda soxa mutaxassislari tomonidan qiziqarli  ma’ruza tashkil etildi. Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qildi. Shundan so‘ng, talabalar muzey faoliyati va Tibbiyot kutubxonasining ilmiy fondi bilan yaqindan tanishtirildi. Tadbirda jami 40 nafar institut professor-o‘qituvchilari va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.