Uzluksiz ta’limning samarali hamkorligi.

17.05.2018, 18:25 Institut yangiliklari, Yangiliklar 96

2018-yilning 5-aprel kunida Toshkent Farmatsevtika instituti rektori, professor I.I.Alimdjanovning “Toshkent farmatsevtika instituti va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida”gi 219-sonli buyrug‘i asosida 2018-yilning14-may kuni Tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychiyeva, katta o‘qituvchi N.S.Suyundikov, o‘qituvchi S.A.Shukurdjanovalar Toshkent shahridagi Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurib maktab rahbariyati bilan birgalikda o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarni ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar va tadbirlar rejasini tuzib kelgan edi. Shu reja asosida 2018-yilning 17-may kuni kafedra mudiri S.M.To‘ychiyeva maktabning 9-sinf bitiruvchilari uchun “O‘zingni angla: muvaffaqiyatga erishishda to‘g‘ri kasb tanla!” mavzusida psixologik seminar-trening va kafedra o‘qituvchisi S.A.Shukurdjanova yosh rus tili va adabiyoti o‘qituvchilar uchun zarur uslubiy yordamni amalga oshirishdi. Tadbir davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilar Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi akademik litsey faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarni olishdi. 2018-yil 19-may kuni maktabda “Xorijiy tillar oyligi” shiorida ingliz tili fanidan “Ochiq dars” va “Pharm young community” a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir uyushtirish rejalashtirildi. Uzluksiz ta’limning muhim bo‘g‘inlari “maktab-kasb-hunar- oliy ta’lim” bir maqsad sari ishlarni amalga oshirishmoqda.