“Tarkibida turli biologik faol moddalar hamda tio-va sianoglikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simlik va mahsulotlar” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

17.05.2018, 18:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 74

2018-yil 12-may kuni soat 12:00 da 1-o‘quv binosining 84-auditoriyasida Farmakognoziya kafedrasi dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi N.T.Farmanovaning “Tarkibida turli biologik faol moddalar hamda tio-va sianoglikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simlik va mahsulotlar” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.  Laboratoriya mashg’ulotida dotsеntlar Jalilov F.S., Yulchiyеva M., assistеnt Raximova G.Q., assistеnt  Muxitdinova M.K.lar ishtirok etishdi. Laboratoriya  mashg’ulotida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng qo‘llanildi.