Buhoro shahriga tashrif.

16.05.2018, 18:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 90

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5326-son Farmoni, 2018-yil 7-fevraldagi «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3514-son Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, talaba-yoshlarni mamlakatimizning madaniy-tarixiy merosi va tabiiy boyliklari bilan tanishtirish, hamda ularda Vatanga sadoqat va milliy g‘urur tuyg‘usini shakllantirish maqsadida 2018-yil 13-14 may kunlari «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida Toksikologik, organik va biologik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi Chinibekova N.K. sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi 2-kurs 6/1, 6/2 guruh talabalari bilan birgalikda Buxoro shahriga tashrif buyurdilar. Buxoro shahridagi “Ark” qo‘rg‘oni, “Poyi Kalon” majmuasi, “Toqi zargaron” va “Toqi telpakfurushon” savdo markazlari, Ulug‘bek va Abdulazizxon madrasalari, Somoniylar maqbarasi, Minorai Kalon, Labi Hovuz kabi me’moriy obidalar, Kogon tumanidagi Bohovuddin Naqshband ziyoratgohlariga tashrif buyurib, talabalarga o‘zligimizni anglashga, tarixiy merosi va buyuk ajdodlarimiz bilan yaqindan tanishish imkon berdi.