Institutda professor o‘qituvchilarning psixolgik salomatligi va funksional xolatini saqlashga qaratilgan psixologik tadbirlar.

12.05.2018, 17:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 341

Insonning shaxs xususiyatlari hamda psixologik salomatligining ko‘rsatkichlari  kasbiy sifatlariga va faoliyat samaradorligiga bevosita ta’sir etishi psixologik tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan. Shu bois kasbiy faoliyat davomida mehnat jamoasining psixologik salomatligini va funksional xolatini me’yorda saqlab turish faoliyatning muvaffaqiyatli-ligiga samarali tasir etadi.

 12-may kuni Toshkent farmatsevtika institutining fizika va matematika kafedrasi o‘qituvchilari funksional xolatini yaxshilashga va ularda streesli vaziyatlarga chidamlilikni oshirishga qaratilgan psixologik seminar trening o‘tkazildi.

Seminar–trening davomida avvalambor “stress” va “emotsional barqarorlik” haqida, pedagogik jamoada uchrashi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyalar xamda ularni xal qilishning konstruktiv usullari xususida ma’lumot berildi. Ishtirokchilarda psixologik yoshni va nerv-psixik barqarorligini aniqlovchi proektiv metodikalar o‘tkazildi. Metodika natijalariga ko‘ra, nerv-psixik beqarorligi nsbatan yuqori natijalarni ko‘rsatgan o‘qituvchilarga qo‘imcha tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng relaksatsion va psixik zo‘riqishlarni kamaytiruvchi mashqlar va kayfiyatnpi ko‘tarishga qaratilgan psixologik o‘yinlar o‘tkazildi.