Talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish.

14.05.2018, 18:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 92

Toshkent farmatsevtika instituti 3-bosqich 9/1-guruh talabalari bilan “Ajdodlarimiz ruhi barhayot” mavzusida suhbat olib borildi. Unda buyuk allomalarimiz, ulamolarimiz, iste’dodli shoir va yozuvchilarimiz haqida fikr yuritildi. Suhbatdan so‘ng, talabalar bilan “Zangi ota ziyoratgohi”ga tashrif buyurildi.

Bugungi kunda ushbu ziyoratgohdagi  inshootlar O‘zbekistondagi  noyob arxitekturasi namunasi bo‘lib qoldi.

“Zangi ota” nomi bilan atalgan Shayx Oy-Xo‘ja va u kishining ayoli Ambar bibi qabrlari ziyorat qilindi. Ushbu inshoot  sohibqiron Amir Temurning buyrug‘iga binoan barpo etilgan bo’lib, tarixda keltirilishicha Amir Temur avval Axmad Yassaviy mavzoleyini qurishga farmon beradilar. Lekin noma’lum sabablarga ko‘ra bino devori qurib bo‘lmay qulab tushavergan. Shu orada sohibqiron tushlariga so‘fi Ahmad Yassaviy kirib, avvalo Zangi ota nomiga inshoot qurish kerakligini ta’kidlagan ekanlar. Shundan so’ng  Zangi ota ziyoratgoxi XVI asrda barpo etiladi.

Ziyoratgohda namozxonalar mavjud bo’lib, barcha binolar rekonstruksiya qilingan.

     

Talabalar binolarni aylanib, qabrlarni ziyorat qilib, Zangi ota va Ambar Bibi haqlariga  va barcha o‘tganlar haqqiga duo qildilar.
Shifobaxsh buloq suvlaridan ichib niyatlar qildilar.

Farmatsevtik kimyo kafedrasi ma’naviy-ma’rifiy

ishlar bo’yicha ma’sul, I.M.Iminova