“Geometrik optika. Umumiy tushunchalar. Refraktometriya” mavzusida ochiq ma’ruza o’tkazildi.

14.05.2018, 14:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 283

2018-yil 4-may soat 10:00da 2-bino, 8-auditoriyada “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedra dotsenti N.X.Ulug’murodovning «Geometrik optika. Umumiy tushunchalar. Refraktometriya» mavzusida ochiq ma’ruza darsi o‘tkazildi. Ma’ruzada zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogik texnologiyalardan keng qo‘llanildi hamda ma’ruza qiziqarli muloqot tarzida olib borildi.

Ochiq ma’ruzada “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, f.f.n. A.D.Tojiyeva  hamda “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedralarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.