“Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroridan kelib chiqadigan vazifalar belgilab olindi.

12.05.2018, 20:47 Institut yangiliklari, Yangiliklar 127

10-may kuni Toshkent farmatsevtika institutida Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroridan kelib chiqadigan vazifalarga doir yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Institutdagi innovatsion faoliyatni tanqidiy taxliliy xulosalagan holda, qarorda ko‘rsatib o‘tilgan ilmiy tadqiqot ishlari va ishlab chiqarish tarmoqlari aro integratsiyaga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bandma-band ta’kidlab o‘tildi va ularning echimida innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari bilan tanishtirildi.

SHuningdek, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha bo‘linmalarining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilganligi, hamda unga ko‘ra tegishli soha bozorini tizimli ravishda tahlil qilish, yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor loyixalar ustida ish olib borish, investor va hamkorlarni jalb etish, yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion ishlab chiqarish borasida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha berilgan vazifalarga alog‘ida urg‘u berilganligi ta’kidlandi. Institutning har bir bo‘g‘inida sohani innovatsion rivojlantirishning “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi borasida takliflar berildi. Qarordan kelib chiqadigan vazifalar sifatida kafedralar tizimida katta vazifalar – ta’lim va amaliyot integratsiyasi hamda ilmiy ishlanmalar va ishlab-chiqarish o‘rtasidagi integratsiyalar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.