“Abu Ali ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi va zamonaviy farmatsevtikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

12.05.2018, 15:28 Institut yangiliklari, Yangiliklar 555

2018-yil 11-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti va Abu Ali ibn Sino jamoat fondi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi kasaba uyushmalari o‘quv markazi anjumanlar zalida “Abu Ali ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi va zamonaviy farmatsevtikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

     

     

     

     

     

     

    

Anjumanda 120 nafardan ziyod qatnashchilar ishtirok etishdi. Anjumanni Toshkent farmatsevtika instituti rektori t.f.d., professor I.I.Alimdjanov ochib berdi. Shundan so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziriligi Fan va ta’lim muassasalari boshqaruvi bo‘limi boshlig‘i O‘.S.Ismailov so‘zga chiqib, Toshkent farmatsevtika instituti va Abu Ali ibn Sino jamoat fondi bilan xamkorlikda Abu Ali ibn Sino merosiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjuman g‘oyatda muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng Abu Ali ibn Sino jamoat fondi boshlig‘i N.A.Maxmudov so‘zga chiqib, Toshkent farmatsevtika instituti bilan xamkorlikda o‘tkaziyotgan navbatdagi ilmiy-amaliy anjuman avvalgilari kabi yuqori saviyada hamda tizimli tashkil etilganligini aytib o‘tdi.

     

     

Shundan  so‘ng ma’ruzachilarga navbat berildi. Turon fanlar akademiyasi akademigi A.Usmonxodjayev “Abu Ali ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan xissasi”, Toshkent farmatsevtika instituti rektori I.I.Alimdjanov “Farmatsevtika sohasining mamlakatda rivojlanishining yangi bosqichlari hamda dolzarb muammolari” nomli ma’ruzasi bilan anjumanda ishtirok etdi. Bundan tashqari t.f.d., professor Madjidova E.N., k.f.n. G.Rasulova, F.Ibragimov, N.A.Maxmudov, M.G.Ismailova, G.YU.Malikova, R.Abdullayeva, S.M.Tuychiyeva, M.A.Mustafakulov, N.S.Fayzullayeva, O.B.Klicheva, X.K.Bekjanov, SH.SH.Gulyamov, M.M.Bobojonova, O.J.Xamidova o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.