“Toshkent farmatsevtika instituti va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustaxkamlash”

12.05.2018, 09:36 Institut yangiliklari, Yangiliklar 217

Toshkent shaxridagi umumta’lim maktablari faoliyatini takomillashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy va pedagogik mahoratini yanada oshirish, o‘quvchilarning ilm-fan va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, institut va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini maustahkamlash xamda 2018-yil 29-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 30-q/q-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 18-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 11-may  kuni farmakognoziya kafedrasi dotsentlari Po‘latova D.Q. hamda Mullajonova M.T. lar Yunusobod tumani 86–umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. 86–umumta’lim maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i bilan suxbat o‘tkazilib, dars jaraenlarini o‘tkazilishi bilan tanishildi.