Toshkent farmatsevtika instituti Akademik litseyida kasbga yo’naltirish bo’yicha davra suxbati.

11.05.2018, 15:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 386

2018-yil 11-may kuni “Dori vositalarining sanoat texnologiyasi” kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari Toshkent farmatsevtika instituti qoshidagi Akademik litseyning bitiruvchi guruh o‘quvchilari bilan kasbga yo‘naltirish bo‘yicha davra suhbatlarini tashkil qildilar. Bunda kafedra mudiri, prof. V.R.Xaydarov va assistent M.M.Qodirovlar 3-4–guruh o‘quvchilari bilan, katta o‘qituvchilar S.T.Sharipova va M.SH.Foziljonovalar 3-5– guruh o‘quvchilari bilan, dotsent O.R.Raximova va katta o‘qituvchi N.E.Mamatmusayevalar esa 3-2– guruh o‘quvchilari bilan Toshkent farmatsevtika instituti tarixi, fakultetlar va yo‘nalishlar, farmatsevtika sohasi, farmatsevtik ishlab chiqarish, shuningdek, kafedra faoliyati yuzasidan ma’lumotlarni o‘quvchilar e’tiboriga etkazdilar. Ular toonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdilar.