“English club”. Kelajak sari qadamni birga qo’yaylik!

10.05.2018, 18:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 504

10-may kuni institut “Yoshlar markazi”ning ochilishi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi BT qoshida tashkil etilgan “English club” a’zolarining ilk seminar-treningi bo’lib o’tdi. Unda talaba yoshlarga bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev tomonlaridan yaratilayotgan imkoniyatlar va e’tibor, tashabbuskor, fidoiy yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi farmon va qarorlari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’I A.Soliyev, Tillar kafedrasi mudiri S.M.To’ychiyeva, institut yoshlar yetakchisi O’.J.Yunusovlar mazkur markazda talabalar o’zlari qiziqqan chet tillari to’garaklari, master-klasslar, psixologik treninglar, intellektual o’yinlarda faol  ishtirok etishga chaqirdilar. Klubning faol yoshlari o’zlarining qiziqarli taqdimotlarini ingliz tilida ravon bayon qildilar. Klub a’zolari ochiq ovoz berish yo’li bilan klub rahbari etib 2-kurs farmatsiya yo’nalishi talabasi Abdullayev Umidjonni sayladilar.