“Tabletkalarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan dastgohlar” mavzusida master-klass o‘tkazildi.

10.05.2018, 17:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 413

2018-yil 10-may kuni Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi mudiri prof. V.R.Haydarov va dots. O.R.Raximova, katta o‘qituvchilari S.T.Sharipova, G.R.Raximovalar tomonidan 1-Respublika tibbiyot kolleji farmatsiya bo‘limi 208-guruh o‘quvchilariga “Farmatsevtika sanoati texnologiyasi” fanidan “Tabletkalarni ishlab chiqarishda ishlatiladigan dastgohlar” mavzusi bo‘yicha master-klass o‘tkazildi. Master-klassda zamonaviy axborot kommunikatsion va pedagogik texnologiyalar keng qo‘llanildi, o‘quvchilar tabletka mashinasining tuzilishi, ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishdilar, o‘quvchilarga streptotsid tabletkasining texnologiyasi tushuntirildi va tabletka mashinasida tabletkalar olindi.