“Uch avlod uchrashuvi”

08.05.2018, 17:56 Institut yangiliklari, Yangiliklar 458

2018-yil 8-may kuni soat 13-30da institutda faoliyat olib borib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriylar hamda uzoq yillardan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professor-o‘qituvchilar uchun institut oshxonasida bayram dasturxoni tuzaldi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni tinchlik qadriga etishga, shukronalik ruhida tarbiyalashga mazkur tadbirlar namuna bo‘ladi. Keksa avlod vakillari yoshlarni bilim olishida, farmatsevtika sohasidagi yangilarni o‘zlashtirishda fundamental bilimlar zarurligi haqida suhbat uyushtirdilar. Shuningdek, o‘tib ketgan o‘qituvchilar yod olinib qur’on tilovat qilindi. Tadbir barchada yaxshi taassurotlar qoldirdi.