DTT kafedrasida “Infuzion eritmalar. (Ringer, Ringer-Lokk, Disol, Trisol va Filatov va boshqa eritmalari)” mavzusida ochiq muammoli laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

08.05.2018, 15:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 248

2018-yil 8-may sanasida DTT kafedrasi “Farmatsevtik texnologiya” fanidan “Infuzion eritmalar. (Ringer, Ringer-Lokk, Disol, Trisol va Filatov va boshqa eritmalari)” mavzusida ochiq muammoli laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur ochiq laboratoriya mashg‘uloti Farmatsiya fakulteti kasbiy ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 2/1-guruh talabalari DTT kafedrasi assistenti, f.f.d. I.SH.Sharipova boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida talabalar bilimi “Klaster”, “Assesment”, “Aqliy hujum” interfaol usullarini qo‘llagan holda aniqlandi, infuzion eritmalar tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bo‘yicha talabalar tomonidan amaliy ishlar olib borildi va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.

Ochiq laboratoriya mashg‘ulotiga “Toksikologik kimyo va biologik va organik kimyo” kafedrasi dotsenti Jalilov F.S va kafedra mudiri prof. Yo.S.Kariyeva va kafedra o‘qituvchilari ishtirok etdilar.