15 sentyabr – “Xalqaro tinchlik kuni”ga bag‘ishlab. Talabalar o‘rtasida “Tinchlik-osoyishtalik – farovon hayotimiz asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

16.09.2017, 18:58 Institut yangiliklari, Yangiliklar 326

2017-yil 15-sentyabr kuni institut faollar zalida 15-sentyabr – “Xalqaro tinchlik kuni”ga bag‘ishlab, talabalar o‘rtasida “Tinchlik-osoyishtalik – farovon hayotimiz asosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi S.Yuldoshevalar tomonidan mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Suhbat jarayonida talabalarni shu aziz vatanga sadoqatli vorislar bo‘lib kamol topishlari, milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz va urf-odatlarimizga hurmat tuyg‘ularini qaror toptirish hamda tinchlik uchun kurashmoq lozimligi borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmunida yoshlar ongida mustaqillik g‘oyalari, milliy o‘zlikni anglash, daxldorlik, Vatanga muhabbat, fidoyilik, ma’naviy tahdidlarga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirishga qaratilgan mavzuda ham to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda jami 250 nafar professor-o‘qituvchilar va talabalarning ishtiroki ta’minlandi.