15 may – yakshanba kuni institutda hashar o‘tkazildi

16.05.2016, 06:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 506

2016 yil 15 may kuni institut miqyosida o‘tkazilayotgan hasharning ikkinchi kuni. Hasharga talabalar ko‘tarinki ruhda kelishdi. CHunki institut hududida zamonaviy landshaft dizayni asosida alpinariylar tashkil etilgan bo‘lib, barchani, hattoki institutga kirib kelayotgan mehmonlarni ham hayratga solmoqda.

Fayzli institutimizda hashar  davomida  quyidagi ishlar amalga oshirildi:

– obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini o‘tkazish jarayonida to‘plangan chiqindilarni alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini ta’minlandi  hamda chiqindi yig‘ish joylari tartibga keltirildi;

–    institut hududiga ekilgan daraxt va gul ko‘chatlari parvarishlandi.

Mazkur ishlarga institut o‘qituvchilari va talabalari jalb etildi.

IMG_3089     IMG_3082

IMG_3054     IMG_3074