Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor – o‘qituvchilari innovatsion hamkorlik doirasida Toshket temiryo‘l muhandislar instituti professor – o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydilar.

04.05.2018, 11:53 Institut yangiliklari, Yangiliklar 292

Toshkent farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor–o‘qituvchilari innovatsion hamkorlik doirasida Toshket temiryo‘l muhandislar instituti professor–o‘qituvchilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydilar. Hamkorlik doirasida amalga-oshiriladigan tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida shartnoma imzolandi hamda strategik rejalar tuzildi. Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri dotsent K.K.Ismailov tomonidan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashrif buyurgan hamkorlarga kafedra faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar, o‘tkazilayotgan tadbirlar, ochiq darslar, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.