Institut Axborot-resurs markazida yangi o‘quv zali tashkil etildi.

28.04.2018, 11:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 118

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi PQ-3271-sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizmini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Toshkent farmatsevtika instituti Axborot-resurs markaziga tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida foydalanish uchun yana bir  o‘quv zali tashkil etildi. Bu o‘quv zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar bir necha nomdagi tibbiyot, iqtisod, buxgalteriya, qonun hujjatlariga oid jurnallar, turli nomdagi vaqtli nashrlar, ijtimoiy sohaga, farmatsevtikaga oid jurnallardan foydalanishlari mumkin. Tashrif buyuruvchilarga jurnallar o‘quv zalining mas’ul xodimi Abdullayeva Dildora xizmat ko‘rsatadi.