“Abu Ali Ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi va zamonaviy farmatsevtikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga  taklif qilamiz.

27.04.2018, 20:01 E'lonlar 162

XABARNOMA

Hurmatli hamkasablar!

Sizlarni 11-may 2018-yil Toshkent shahrida Ibn Sino nomidagi jamoa fondi, Sog‘liqni saqlash Vazirligi va Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida o‘tkazilayotgan “Abu Ali Ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi va zamonaviy farmatsevtikaning dolzarb muammolari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumanga  taklif qilamiz.

Anjuman ilmiy yo‘nalishlari

  1. Abu Ali Ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi;
  2. Abu Ali Ibn Sino merosi asosida ishlab chiqarilayotgan zamonaviy dori vositalari;
  3. Farmatsevtik ta’lim muammolari, yutuqlar, islohotlar va kelajak rejalar;
  4. Sanoat farmatsiyasining dolzarb muammolari;
  5. Farmatsiyada marketing va menejment, milliy dori siyosatining ustivor yo‘nalishlari;
  6. Dori vositalarining sifatini nazorat qilish, standartlash va sertifikalash;
  7. Yangi dori vositalarini yaratish va ishlab chiqarish;
  8. Farmokologiya, klinik farmatsiya va sud toksikologiyasi.

Anjuman materiallari ilmiy to‘plamda chop etiladi.

Anjumanga qatnashish turlari:

  1. Maqolalar chop etish;
  2. Maqola chop etish va ma’ruza qilish.

Berilgan maqolalar tahririyat a’zolari tomonidan taqriz qilinadi. Anjuman talab va mezonlariga javob bermagan maqolalar chop etilmaydi va qaytarilmaydi.

Taqdim etilgan maqolalarni rasmiylashtirish talabi:

  1. Taqdim etilayotgan maqolalar 3 sahifadan oshmasligi kerak, A4 formatida, Times New Roman shriftida, 14 hajm kattaligida, 1,5 intervalda yoziladi. Qog‘oz hajmi A4, tepadan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm o‘lchamda bo‘lishi lozim.
  2. Maqola sarlafhasi qalin, bosh va bosma harflarda sahifaning o‘rtasidan yoziladi. Ikkinchi qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi yoziladi. Keyingi qatordan ish joyi (tashkilot nomi, shaxar, davlat) va muallifni to‘liq manzili (telefon raqami, el.raqami) beriladi. Ma’ruzachi familiyasi tagiga chizilishi shart.
  3.  Muallif tomonidan ishlatilgan qisqartirish va abbreviaturalar izohlanishi shart.
  4. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi;
  5. Maqolalar tashkiliy qo‘mitaga 2 nushada topshiriladi, ikkinchi nushasida muallif imzosi, tashkilot rahbari imzosi va maqolaning elektron nushasi Word- 2007 taqdim etilish kerak.

Matn xatosiz bo‘lishi shart. Ishning ilmiy mazmuniga muallif shaxsan javobgar.

Maqola topshirish vaqti: 2018yil 30-aprel, soat 16.00. El. manzil: naukapharmi@yandex.com

Maqolalar jo‘natiladigan manzil: Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, Oybek k. 45. Tel/faks (+99871)  – 2563954

Javobgar shaxs: farmatsevtika fanlari nomzodi,  dotsent Farmanova Nodira Taxirovna – Toshkent farmatsevtika instituti ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash sektori mudiri.

Namuna

DORIXONA ASOSIY VOSITALLARINING TAHLILI

Umarova SH.Z., Tairov X.V.

Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekistan Respublikasi

E-mail:pharmi@pharmi.uz, tel. 256-39-54

Dolzarbligi:

Maqsadi:

Material va metodlar: ….

Olingan natijalar: ….

Xulosalar: ….

Adabiyotlar:

 

“Abu Ali Ibn Sinoning farmatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi va zamonaviy farmatsevtikaning dolzarb muammolari”

ilmiyamaliy anjuman qatnashuvchini ro‘yxatga olish shakli

 

Ma’ruzachining  familiya, ism va sharfi_______________________________________

Ta’lim muassasasi (tashkilot)_______________________________________________

Kafedra_____________________________________________________________________

Lavozim ilmiy unvon va daraja_____________________________________________

Xizmat manzili_____________________________________________________________

Telefon raqami_________________________________________________________

E-mail________________________________________________________________________

Ma’ruza nomi______________________________________________________________

Kerakli  texnik  ta’minot (nomi)______________________

To‘ldirish sanasi______________________________________________________________

 

___________________

* shakl institut xodimlaridan tashqari hamma ishtirokchilar tomonidan to‘ldirilishi shart.