“Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”

27.04.2018, 19:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 343

Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, OIV/OITS kasalligi, giyohvandlik, ichkilikbozlik, tamaki chekish kabi illatlarning oldini olishga qaratilgan “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida 2018-yil 27-aprel kuni soat 14-00 da ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika OITSga qarshi kurash markazi shifokor-epidemiologi Ochilov Akmal Omonovich, Toshkent davlat stomatologiya instituti Mikrobiologiya va farmakologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Qurbonova Sanobar Yuldashevna, Toshkent davlat stomatologiya instituti Mikrobiologiya va farmakologiya kafedrasi assistenti Shomurotova Ruxsora Qo‘rqmasovnalar ishtirok etishdi. “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz”, “Yuqumli kasalliklarning oldini olish choralari” mazularida ma’ruzalar qilishdi. Ma’ruzachilar sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, uni hamda shartlari OITS kasalligi, virusli gepatit kasalliklari haqida ma’lumot berdilar. Talbalar o‘zlarini qiziqtigan savollar berib mutaxassislardan kerakli ma’lumotlar oldilar.