O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sport va madaniyat almashinuvi bo‘yicha uyushma tashrifi.

27.04.2018, 19:42 Institut yangiliklari, Yangiliklar 130

2018-yil 26-aprel kuni Institutimizga Koreya respublikasidan O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sport va madaniyat almashinuvi bo‘yicha uyushma prezidenti janob Li Gak Su boshchiligida 5 kishidan iborat mexmonlar tashrif buyurishdi. Ular orasida tibbiyot jixozlari ishlab chiqaruvchi MediTop korxonasi raxbari janob S.S.Lii va farmatsevtik korxonalarida xavfsiz ishlab chiqarish texnologiyalarini tashkil etish SMP firmasi raxbari janob Kim o‘zlarining farmatsevtik ta’lim va ishlab chiqarishdagi O‘zbekiston bilan o‘zaro xamkorlik rejalari bilan o‘rtoqlashishdi. Uchrashuvda Koreya respublikasidagi yirik farmatsevtik korxonalarining faoliyati va farmatsevtika yo‘nalishida ta’lim beruvchi muassasalar, talabalarning amaliyoti hamda maxalliy dorivor xom ashyolardan yangi va samarali preparatlar yaratish istiqbollari borasida qizg‘in suxbat bo‘lib o‘tdi. Koreyalik mutaxassislar Respublika rahbariyatining soha rivojiga qaratayotgan yuksak e’tibori, O‘zbekistonning dorivor o‘simliklar etilishiga iqlimi mosligi hamda O‘rta Osiyoda yagona sanalmish Toshkent farmatsevtika instituti, uning talabalarining bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari yaqin orada o‘zaro manfaatli xamkorlikka asos bo‘lishini ta’kidlashdi.