Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan “14 yanvar” Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlangan tadbir haqida

22.01.2020, 14:02 Institut yangiliklari, Yangiliklar 546

Tibbiy va biologik fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan 2020- yil 13-yanvar kuni respublikamiz harbiy xizmatchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv Toshkent farmatsevtika institutining kichik zalida bo’lib o’tdi, unda kafedra o’qituvchilari, 2-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Uchrashuvni institut rektori, professor Alimjanov Ibrohim Inomjonovich kirish so’zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi. Yig’ilishda faxriy mehmon Axmedov Olimjon Tursunbaevich, texnika fanlari nomzodi, militsiya polkovnigi, O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayorgarlik o`quv markazi boshlig`i, shuningdek kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi, militsiya podpolkovnigi Atamurodov Shamsiddin Ilashevich so’zga chiqdi. O.T. Axmedov va Sh.I. Atamurodovlar ishtirokchilarga harbiylarning so’nggi yutuqlari, Respublika armiyasining tarixi, o’z Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi, yosh harbiy kursantlarning harbiy xizmatga tayyorlanishi va o’z hayotlarining ba’zi holatlari to’g’risida gapirib berishdi. Uchrashuv yakunida faxriy mehmonlarga esdalik sovg’alari topshirildi.

      

Tibbiy va biologik fanlar kafedra mudiri: X.O. Nuralieva