«14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» bayrami nishonlandi.

17.01.2018, 15:09 Institut yangiliklari, Yangiliklar 982

     

     

     

     

Vatanni himoya qilish el-yurt tinchligini asrash, halqimizning buyuk kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, mustaqil O‘zbekistonning halqaro hamjamiyat saflardagi o‘rni va nufuzini oshirish demakdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor, yosh avlod ma’naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib ish olib borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizni o‘ylantirishi tabiiy. Zero, mamlakatimiz sarhadlari mustahkam, odamlarning ko‘ngli xotirjam, yaratuvchanlik va bunyodkorlik ishlari avj olgan joyda, shubhasiz, milliy taraqqiyot rivojlanadi. Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 25 yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigi”da quyidagilarni ta’kidlab o‘tdilar: ”O‘zbekiston mustaqillikka erishgan birinchi kunlarda aynan Islom Abdug‘aniyevich namoyon etgan prinsipial pozitsiya, siyosiy iroda va azmu shijoat tufayli milliy armiyamizga asos solindi. 1992-yil 14-yanvarda yurtimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazildi. Mana, 25 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori qo‘yilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinmoqda.”

     

     

     

     

     

Shu kundan boshlab mamlakatimizda har yili «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» bayrami ozod va erkin xalqimizning muqaddas bir bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Mazkur bayoam munosabati bilan 2018-yil 15-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda institutda harbiy imtiyoz asosida ta’lim olayotgan talabalar o‘z chiqishlari bilan barchani xushnud etdilar.