Harakatlar strategiyasi hamda Prezident asarlarini o’rganish va targ’ib etish mavzusida tadbir tashkil etildi.

14.06.2017, 14:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 336

     

“O‘zbekiston Respublikasida 2017 yilda  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda  institut talabalari o‘rtasida huquqbuzarliklar  va jinoyatchilikni  oldini olish maqsadida 12-17 iyun kunlari davomida “Jinoyatchilikkka qarshi kurash” haftaligi o‘tkazilmoqda. 2017 yil 13iyun kuni soat 11-00da farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiyev,  fakultet dekani dotsent A.A.Nurmuxamedov, guruh murabbiylari ishtirok etdilar. Tadbirda “Murabbiylar” kengashi raisi M.Xodjaeva huquqbuzarliklarni oldini olish, talbalar mas’uliyati haqida ma’ruza qildi. Tadbirda shuningdek, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchilari F.Axmedova, F.Abdullaevalar “O‘zbekistonni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish Harakatlar strategiyasi”, Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoevning “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” kitobi mazmun –mohiyati yuzasidan ma’ruza qildilar. Kitob davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylov arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvlarida so‘zlagan nutq va ma’ruzalarini qamrab olgan. Shuningdek, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning davlatimiz mustaqillikka erishish yo‘lidagi mashaqqatli va dadil faoliyati, olib borgan izchil va puxta siyosati, yurtimiz va jahon tarixida munosib tarixiy o‘rin qoldirganligi hamda mustaqilligimiz asoschisi boshlab bergan bosqichma-bosqich rivojlanish, porloq istiqbolga erishish yo‘lidan borib, bir tanu bir jon bo‘lib, O‘zbekistonimizni taraqqiy etgan va farovon davlatga aylantirish – ustuvor  vazifamiz ekanligi to‘g‘risidagi fikr va g‘oyalar jamlangan, deb kitob haqida ma’lumotlar berdilar. Tadbirda 200 nafar talbalar ishtirok etdi.