Hamkorlik doirasidagi tadbirlar.

15.04.2017, 13:29 Institut yangiliklari, Yangiliklar 443

2017 yilning 14 aprel kuni Toshkent II-Respublika tibbiyot kollejida farmatsevtika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi  N.Salimsakova xamda kollejning katta o‘quvchisi J.Tursunova bilan birgalikda  o‘zaro xamkorlik shartnomasi doirasida hamda siyosiy savodxonlikni oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni mazmun mohiyati va uning beshta ustuvor yo‘nalishi  bo‘yicha  2 kurs talabalariga ma’ruza o‘tildi. Unda

  1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
  2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;
  3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
  4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
  5. Xavfsizlik. Shuningdek ma’ruzachi bu strategiyaning “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da jamiyat hayotidagi roliga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda jami 46 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.