“Ustozlar ta’limi – hayot muallimi”

20.04.2017, 14:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 513

2017 yil 19 aprel kuni soat 14-00da institutda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademiklari bilan “Ustozlar ta’limi – hayot muallimi” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

     

     

Akademik S.I.Iskandarov “Stimusol, kursetin, gepaprot-neo original preparatlarining amaliy tibbiyotda qo‘llanilishi” mavzuida hamda  akademik T.S.Saatov  “Biomembrana, molekulyar genetika, gen injeneriyasi fanlarining hozirgi kun ilm-fanida tutgan o‘rni” mazusida ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Tadbirda farmatsiya va sanoat farmatsiyasi fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. Akademik olimlarimiz talabalarni hozirgi kunni qadriga yetishga, axborot texnologiyalarni o‘rganishga chaqirdilar. Ilm-fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini kuchaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishda tegishli maslahatlar berdilar. Tadbir bitiruvchi kurs talabalarida katta taassurot qoldirdi. Tadbir haqida lavhalar “Dunyo bo’ylab”  telekanalining “Turfa olam” ko‘rsatuvida 2017 yil 23.04. sonida  namoyish etildi.