Toshkent farmatsevtika institutida umumxalq bayrami 9 may –“Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

10.05.2017, 16:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 700

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2865-sonli Qarori, 2017 yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi PF-5000-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 08/1-654-sonli topshiriq xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 7 apreldagi 197-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2017 yil 08 aprelda 169-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi.

Institut akademik guruhlarida “Murabbiylar” kengashi, “Xotin-qizlar” qo‘mitasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Kamolot” YOIH BT, fakultetlar tashabbusi bilan 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiorlari ostida 10 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va davra suhbatlari tashkil etildi. tadbirlarda institutda bir necha yilardan buyon mehnat qilayotgan faxriy professor-o‘qituvchilar, mahalla faollari, malakali mutaxassislar jalb etildi. Tadbirga jami 8 nafar hamkor tashkilot vakillari, 42 nafar professor-o‘qituvchilari va 800 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

2017 yil 4 may kuni soat: 14-00da institut faollar zalida 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash muqaddas qadriyat” shiorlari ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. tadbirda institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjayeva, ijtimoiy fanlar kafedrasi Y.Xusanboyevalar mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Tadbir hamkorlari: Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi, institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi. Tadbir so‘ngida talabalar o‘rtasida “Tinchlik eng aziz ne’mat” mavzusida film namoyish etildi. Tadbirda jami 205 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentining xotirasini, uning mustaqillikni qo‘lga kiritishga, davlatchilikni qurishga qo‘shgan ulkan hissasini va Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek, uning merosini ommalashtirish maqsadida 2017 yil 6 may kuni institut talabalari o‘rtasida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” va “Xotirlash o‘zbek xalqiga xos fazilat” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.  tadbirda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakova, ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi A.Tugalovlar tomonidan talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va  mustahkamlanishi tarixi bilan yaqindan tanishtirib o‘tdilar. Tadbirda jami 120 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.