“Talabalarning davomatiga e’tibor qaratishda murabbiylar oldida turgan dolzarb vazifalar”

27.04.2017, 14:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 370

2017 yil 26 aprel kuni soat: 15-00da institut faollar zalida farmatsiya fakulteti, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Murabbiylar” kengashi tashabbusi bilan “Talabalarning davomatiga e’tibor qaratishda murabbiylar oldida turgan dolzarb vazifalar mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirga institutning barcha murabbiylari, rahbar xodimlari jalb etildi. Tadbir jarayonida farmatsiya fakulteti dekani A.A.Nurmuxamedov, “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjaeva hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i N.S.Salimsakovalar so‘zga chiqib, talabalarning darslarga ishtirok etish davomatini doimiy nazoratga olish va ijtimoiy ahvolidan xabardorlikni ta’minlash maqsadida respublika miqyosida (viloyatlar kesimida) ota-onalar bilan o‘zaro bog‘lanish va ular ishtirokida yig‘ilishlar tashkil etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, institutda tahsil olayotgan davomati, hulqi qoniqarsiz va o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalar o‘rtasida “Bizning safimizda qoloqlarga o‘rin yo‘q!” shiori ostida faol talabalar tomonidan ijobiy ta’sir etish tizimini yaratish hamda zarur holatlarda qoloq talabalar haqida viloyat-tuman-mahalla tizimi orqali ularning ota-onasiga xabar qilish, hushyorlikka chaqirish masalalari muhokama etildi. Tadbirda jami 263 nafar professor-o‘qituvchilarning ishtiroki ta’minlandi.