“Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda oilaning o‘rni”

21.04.2017, 11:48 Institut yangiliklari, Yangiliklar 209

Institut ma’naviyat  va ma’rifat markazida 2017 yil 20 aprel kuni soat 14-00 da “Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda  oilaning o‘rni” mavzusida ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi. tadbirda “Gano shifo” sog‘lomlashtirish markazi maslahatchilari Safarova Nigora Adilovna, Qosimova Munisa Nigmatovna, “Gano shifo” sog‘lomlashtirish markazi maslahatchi-menejeri Umarova Oygul Axatovna va institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Saidova Mamlakat Yadgarovna, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi Ashurova Nigora Xayitovna, murabbiylar va talabalar ishtirok etdi. Suhbat jarayonida soha mutaxassislari tomonidan talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yaratish, turli yuqumli kasalliklarning oldini olish, salomatlikni asrab-avaylash borasida qiziqarli ma’lumotlarni berib o‘tdi. Tadbir hamkorlari: “Gano shifo” sog‘lomlashtirish markazi, institut Xotin-qizlar qo‘mitasi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi. Tadbirda jami 40 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.