Sergeli tumanidagi 33-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanuvchi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida olib borilgan amaliy ishlar

06.05.2017, 15:24 Institut yangiliklari, Yangiliklar 887

     

2017 yil 6 may kuni institut rahbariyatiga biriktirilgan Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 33-sonli “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanuvchi o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida 9 may umumxalq bayrami “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Shuningdek, Sergeli tumanidagi 33-sonli “Mehribonlik uyi”ning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilarga shart-sharoitlar, dam olishlariga imkoniyatlar yaratish maqsadida (“Mehribonlik uyi” rahbariyatining 2017 yil 30 martdagi 01-6/1-113-sonli xatiga muvofiq) 2 dona (skameyka) stul, 150 turdagi dori-darmonlar, maktabning  obodonlashtirish ishlari uchun 20 qop sement, 10 qop ohak, och kul rang bo’yoq hamda 30 metrli 15 diametrli shlang taqdim (fotolavhalar ilova qilinadi) etildi.

     

     

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimi

Ashurova Nigora Xayitovna