Konstitutsiyamiz – davlatni davlat, millatni millat qiluvchi asosiy qomusiy hujjatdir

24.11.2017, 16:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 531

     

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan 2017-yil 23noyabr kuni 15-00da institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Mirobod tumani FXDYO bo‘limi bilan hamkorlikda “Konstitutsiyamiz – davlatni davlat, millatni millatni qiluvchi asosiy qomusiy hujjatdir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi M.Saidova, Mirobod tumani FXDYO bo‘limi mudirasi G.B.Kulmatovalar mavzu yuzasidan targ‘ibot ishlarini olib bordilar. O‘z ma’ruzasida quyidagilarni ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillik bergan hurriyat timsolidir. Uning tarixiy ahamiyati va mohiyati shundan iboratki, unda Respublika fuqarolarining haq-huquqi, erkinligi, qadriyatlari, urf-odatlari, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi o‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham har yili 8 dekabrda xalqimiz O‘zbekiston Konstitutsiyasi bayramini nishonlaydi. Konstitutsiyada ifoda etilgan inson huquqlari va burchlari haqida gapirib, oila, jamiyatdagi o‘rni, ota-onalar, farzadlar munosabatlari hamda milliy qadriyatlar bilan uyg‘unligi haqida gapirib o‘tdi.

     

Talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Tadbirda 12 nafar professor-o‘qituvchilar hamda 200 nafar talabalar ishtirok etishdi.