Eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlari uchun tanlov “Best IP – 2018”

16.03.2018, 14:53 E'lonlar 565

Intellektual mulk ob’ektlari, jumladan ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutug‘i hamda EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi uchun berilgan huquqiy muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan olimlar, tadqiqotchilar, yosh dasturchilar va boshqa huquq egalari

DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi Respublikada eng yaxshi intellektual mulk ob’ektlarini aniqlash va huquq egalarini mukofotlash orqali ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish hamda yoshlarni innovatsion ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi foydali model”, “Eng yaxshi sanoat namunasi”, “Eng yaxshi seleksiya yutug‘i”, “Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi” hamda “Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi” nominatsiyalari bo‘yicha “Best IP – 2018” tanlovini e’lon qildi.

Tanlovga so‘nggi 3 yil (2015-2017 yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan yaratilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari hamda seleksiya yutuqlari qabul qilinadi.

Tanlovning yoshlar o‘rtasidagi eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi nominatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 40 yoshga to‘lmagan o‘zining EHM uchun yaratilgan dasturiga ega bo‘lgan shaxslar hujjatlarini topshirishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 2018-yilning 10-yanvaridan 2018-yil 10-apreliga qadar qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari “26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni” arafasida e’lon qilinadi hamda esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlov ishtirokchilari quyidagi hujjatlarni taqdim qiladilar:

  • ariza (tanlov Nizomining 1-ilovasiga muvofiq shaklda to‘ldirilgan);
  • muhofaza hujjati (lari)ning nusxasi;
  • ob’ektdan foydalanish dalolatnomasi yoki ob’ektni foydalanishga tayyorligi to‘g‘risidagi boshqa hujjat (tajriba yoki sanoat sinovi dalolatnomasi, litsenziya shartnomasi, tadbiq qilish dalolatnomasi va sh.k.)

Ma’lumot uchun telefonlar: 0 371 232-50-27, 0 371 232-50-50, 0 371 232-50-13.

Ilmiy bo’lim