“MA’NAVIYAT KUNI” TADBIRI.

27.04.2017, 14:30 Institut yangiliklari, Yangiliklar 393

2017 yil 26 aprel kuni institut miqyosida “MA’NAVIYAT KUNI” tadbiri tashkil etildi. Tadbir institut “Murabbiylar” kengashi, fakultetlar hamda ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamkorligida tashkil etildi. Tadbir maxsus ishlab chiqilgan reja  asosida olib borildi (24.04.2017 yilda institut rektori tomonidan imzolangan). Akademik guruhlarda murabbiylar boshchiligida 150 dan ortiq davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, uchrashuvlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbirlarda quyidagi mavzular keng yoritib berildi: “Akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori Niyoziyning hayoti va ijodi”, “Talabalar o‘rtasida kitobxonlikni shakllantirishda ta’lim muassasasining o‘rni”, “Internet orqali radikallashuv: muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari”, 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab, “Qahramonlik, burch va fidoyilik”, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681 yilligi munosabati bilan “Temur tuzuklarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”, “Kiyinish madaniyatiga rioya etish – talaba ma’naviyati ko‘zgusi”, “Ona tabiatni asrash – biz yoshlarning burchi!”.

    

    

Har bir akademik guruhlarda o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan so‘ng talabalar murabbiylar boshchiligida “Minor” majmuasiga, Abror Xidoyatov nomidagi o‘zbek drama teatrga, “Zulfiya” bog‘iga, G‘.G‘ulom uy – muzeyiga, institut muzeyiga, “Sa’ant” muzeyiga, Mustaqillik yillarida barpo qilingan inshoatlarga, Toshkent fotosuratlar uyiga tashrif uyushtirildi. Tadbirga jami 1875 nafar talabalar va 173 nafar professor-o‘qituvchilar, rahbar xodimlarning ishtiroki ta’minlandi. Mazkur tadbirlar o‘quv mashg‘ulotlariga ta’sir ko‘rsatmagan holda amalga oshirildi. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasida talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari hamda ularning talab va takliflari asosida amalga oshirildi. Barcha olib borilgan amaliy ishlar murabbiylar tomonidan rasmiylashtirildi va institut “Murabbiylar” kengashi raisi M.A.Xodjaeva tomonidan umumlashtirildi.